09:48 / 10.02.2016
3321

«Real» Kroos uchun 300 mln yevrolik narx belgilab qo‘ydi

«Real»dan Toni Kroosni xarid qilmoqchi bo‘lgan jamoa madridliklar hisobiga 300 mln yevroni o‘tkazib qo‘yishi kerak bo‘ladi.

Bild nashri Toni Kroosning shartnomada ko‘rsatilgan narxini ma'lum qilgan.

Futbolchining klub bilan shartnomasi esa 2020 yilgacha mo‘ljallangan.

Xabarda ma'lum qilinishicha, Kroos yiliga 10,9 mln yevrolik maosh oladi.

Ma'lumot uchun, tayanch yarim himoyachisi ampluasida harakat qiladigan bu futbolchi joriy mavsumda turli turnirlarda madridliklar uchun 26ta o‘yin o‘tkazdi va 7ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Top