11:37 / 10.02.2016
6112

Turkiya AQShdan kurdlarni terrorchi deb tan olmagani uchun tushuntirish talab qildi

AQShning Anqaradagi elchisi ushbu mamlakat TIVga chaqirilib, undan Davlat departamenti Suriya kurdlarining “Demokratik ittifoq” (PYD) partiyasini terrorchi deb hisoblamasligi borasidagi bayonoti yuzasidan tushuntirish talab qildi. Bu haqda tashqi siyosiy idoradagi manbalariga tayangan holda Reuters agentligi xabar bermoqda.

Ilgariroq Davlat departamentining rasmiy vakili Jon Kirbi Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anning AQSh kimni – Anqaranimi, kurdlarnimi – qo‘llab-quvvatlashi haqida 7 fevraldagi chiqishida bergan savoliga javob yo‘llagandi.

“Sizga qanday ishonishimiz mumkin? – degandi Erdo‘g‘an. – Sizning sherigingiz menmi yoki kobanilik terrorchilarmi?”.

“Bizga Turkiya taklif qilgan narsa bo‘yicha hech qanday yangi narsa ayta olmayman, - deb javob berdi Kirbi. – Bilasizki, biz PYD’ni terrorchi tashkilot deb hisoblamaymiz”.

Top