18:40 / 10.02.2016
6488

Zidan: Messi yoki Krishtianu? Krishtianu - dunyoning eng yaxshi futbolchisi

Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Zinedin Zidan hozirgi kunda dunyoning eng kuchli futbolchisi kim ekani borasida berilgan savolga javob berib o‘tdi.

«Messi yoki Krishtianu? Krishtianu — dunyoning eng yaxshi futbolchisi.

U haqda juda ko‘p gapirishadi, lekin uning yuragi toza. Krishtianu juda yaxshi inson.
Messi — uning raqibi va ularning raqobati — bu futbol uchun yutuq. Aynan shuning uchun ham odamlar futbolni ko‘rishni istaydi», deya Zidanning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Marca nashri Record internet manbasiga tayanib.

Top