09:10 / 11.02.2016
2979

AQSh Senati Shimoliy Koreyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritish haqidagi qonunni qabul qildi

AQSh Senati ko‘pchilik ovoz bilan Shimoliy Koreyaning navbatdagi yadroviy va kosmik ishlanmalaridan keyin unga nisbatan yangi sanksiyalar kiritish haqidagi qonunni qabul qildi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.

"Shimoliy Koreya hukumatiga qarshi sanksiyalarni amalga oshirish" deb nomlangan qonun loyihasi Shimoliy Koreyaga ommaviy qirg‘in qurollari texnologiyalari bilan bog‘liq import, inson huquqlari buzilishi, mamlakat hukumatini qo‘llab-quvvatlash uchun pul yuvish va qalbaki mahsulotlar ishlab chiqarishda ko‘mak berganlarga nisbatan sanksiyalar kiritish va tergov olib borishni ko‘zda tutadi.

AQSh prezidenti Barak Obama yaqin kunlarda bu qonun loyihasini imzolashi kutilmoqda.

Top