10:10 / 11.02.2016
3187

Azar «Real»dan boshqa jamoaga o‘tmoqchi emas

«Chelsi» jamoasining belgiyalik yarim himoyachisi mavsum yakunlangach, faoliyatini Madridning «Real» jamoasida davom ettirmoqchi.

Daily Mail nashrining yozishicha, Azarning o‘zi Zinedin Zidan boshqaruvidagi jamoada o‘ynashni istamoqda.

Xabarda aytilishicha, agar bu transfer amalga oshmay qolsa, futbolchi «Chelsi»da qoladi. Ayni vaqtda Loran Blan uni «PSJ»ga taklif qilmoqda.

Qayd etilishicha, Azar "bolaligidan «Real»ga o‘tishni orzu qiladi" va bu orzusi amalga oshmasa, Londondan ketmaydi.

Azar o‘tgan mavsumdan farqli ravishda joriy mavsumni kutilganidek o‘tkaza olmayapti. Uning hisobida joriy mavsumda "Chelsi" safida o‘tkazilgan 22ta o‘yin va bu o‘yinlarda urilgan atigi bitta gol hamda 2ta golli uzatma bor.

OAV: "Chelsi" Azarni "Real"ga kutilmagan darajadagi arzon narxda sotishga rozi

Top