09:01 / 11.02.2016
4687

«Barselona» ketma-ket uchinchi marta Ispaniya Kubogi finaliga chiqdi

«Barselona» Ispaniya Kubogi 1/2 finalining birinchi ishtirokchisiga aylandi

10 fevral oqshomida o‘tkazilgan javob o‘yinida «Barselona» «Valensiya» mehmoni bo‘ldi.

Mazkur uchrashuvda 1:1 hisobi qayd etildi va ikki o‘yin natijasiga ko‘ra kataloniyaliklar final yo‘llanmasiga ega bo‘lishdi.

Javob o‘yinida dastlab, 38 daqiqada Alvaro Negredo hisobni ochdi. O‘yinning so‘nggi dekadasida esa Kaptum hisobni tenglashtirishga erishdi.

Eslatib o‘tamiz, dastlabki o‘yinda Luis Enrike shogirdlari 7:0 hisobida g‘alaba qilib, final yo‘llanmasini amalda hal qilgandi.

Qayd etish kerakki, bu kataloniyaliklarning turnirda 3 marta ketma-ket finalga chiqishi bo‘ldi. Shuningdek, jamoa keyingi 6 yil ichida 5 marta finalda o‘ynagan.

Ispaniya Kubogi, 1/2 final

Valensiya – Barselona 1:1
Gollar: Negredo, 39 — Kaptum, 84
Valensiya: Domenek — Gayya, Diallo, Santos, Vezu — Zaxibo, Vilyalba (Salvador, 81), Danilo — Pyatti, Negredo (Bakkali, 60), Mina (Gomesh, 71)
Barselona: Ter Shtegen — Mate, Vermalen, Bartra, Vidal — Samper, Rakitich (Kamara, 76), Roberto – Adriano (Duglas, 77), Ramires (Kaptum, 82), El Xaddadi
Ogohlantirishlar: Diallo, Santos, Gayya, Salvador – El Xaddadi, Samper.

Top