14:44 / 11.02.2016
2446

Misrdagi jamoa bosh murabbiyni ilk mag‘lubiyatdan keyinoq ishdan bo‘shatdi

Misr poytaxti Qohira shahri sharafini himoya qiluvchi «Zamalek» jamoasi rahbariyati bosh murabbiy Midoni lavozimga tayinlaganidan 37 kun o‘tgach iste'foga chiqardi. Bu haqda jamoa rasmiy saytida ma'lum qilingan.

Sobiq futbolchi Mido bu lavozimidagi dastlabki 3 uchrashuvda g‘alaba qayd etgan, ammo jamoaning prinsipial raqibi bo‘lmish "Al-Ahli" jamoasiga qarshi kechgan to‘rtinchi uchrashuvidagi mag‘lubiyatidan keyin ishdan bo‘shatilgan.

Ayni vaqtda jamoaga Muhammad Saloh vaqtincha bosh murabbiy sifatida tayinlangan. Jamoa rahbariyati xorijdan boshqa mutaxassisni taklif etishni rejalashtirgan.

Jamoa hozirda, "Al-Ahli"dan uchralgan mag‘lubiyatdan keyin turnir jadvalida bu jamoadan 7 ochko ortda qolgan holda ikkinchi o‘ringa joylashgan.

Bu Midoning «Zamalek»dan ikkinchi marta ketishi hisoblanadi. 32 yoshli bu mutaxassis 2014 yilning boshida ham jamoa bilan ishlagan va Misr Kubogini qo‘lga kiritgandi. U futbolchilik faoliyatida «Marsel», «Roma», «Tottenhem» va «Ayaks» jamoalarida o‘ynagan.

Top