13:51 / 11.02.2016
6214

Mourino «MYu» boshqaruviga kelsa, 2 futbolchini transferga qo‘ymoqchi

«Manchester Yunayted» jamoasi yarim himoyachilari Xuan Mata i Maruan Fellayni mavsum yakunida jamoa safini tark etishi mumkin.

Daily Mail nashrining yozishicha, agar jamoa boshqaruviga Joze Mourino keladigan bo‘lsa, bu futbolchilar "narsalarini yig‘ishtirib, o‘zlariga boshqa ish joyi qidirishlariga to‘g‘ri keladi".

Qayd etilishicha, portugaliyalik murabbiy «MYu» vitse-prezidenti Ed Vudvordga o‘z rajalari haqida bayon qilgan.

Eslatib o‘tamiz, Joze Mourino «Chelsi»ga qaytganidan keyin Xuan Mata londonliklar jamoasi safidagi o‘rnini yo‘qotgan va 2014 yilning yanvarida u transferga qo‘yilgandi. O‘shanda manchesterliklar uni 37 mln funt evaziga sotib olgan.

Bundan oldinroq, Mourino yozda «MYu» boshqaruviga kelishi va yiliga 20 mln yevro maosh olishi haqida xabarlar tarqalgandi.

Daily Mail: Mourino do‘stlariga o‘zining «MYu»ga o‘tish masalasi hal qilib bo‘lingani haqida aytdi

Daily Mail: «MYu» futbolchilari jamoaga Mourino olib kelinishiga qarshi chiqishmoqda

Top