09:20 / 11.02.2016
2570

Rio Ferdinand: Mourino «MYu»ga qisqa muddatga murabbiylik uchun yaxshi variant, Giggz esa uzoq vaqt ishlay oladi

«Manchester Yunayted» jamoasining sobiq himoyachisi Rio Ferdinand jamoaning navbatdagi bosh murabbiyi kim bo‘lishi bo‘yicha fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Mourino — qisqa muddatda jamoa bilan yaxshi natijalarga erisha olishi mumkin bo‘lgan nomzod. U bor ishtiyoqi bilan natija uchun intiladi. Lekin men Giggzni jamoadagi vaziyatni yaxshi bilgan holda uzoq yillar davomida muvaffaqiyatli boshqarishi mumkin deb bilaman.

O‘ylaymanki, u jamoaga yosh futbolchilarni jalb qilib boradi va o‘tish davrida inqiroz bo‘lmasligiga erishadi. Yosh futbolchilar albatta asosiy tarkibga kirishlariga ishona olishlari kerak», deydi Ferdinand.

Bundan oldinroq, yozda jamoa boshqaruvida Joze Mourino Lui van Gaalning o‘rnini egallashi deyarli oydinlashgani haqida xabarlar berilgandi.

Daily Mail: Mourino do‘stlariga o‘zining «MYu»ga o‘tish masalasi hal qilib bo‘lingani haqida aytdi

Manba: Joze Mourino «MYu»da yiliga 20 mln yevro maosh oladi

Top