21:01 / 11.02.2016
4010

Telegram stikerlar yaratish bo‘yicha 20 ming dollar mukofot jamg‘armasiga ega tanlov e'lon qildi

Telegram messenjeri stikerlar yaratish bo‘yicha rassomlar orasida 20 ming dollar mukofot jamg‘armasiga ega tanlov e'lon qildi. Tanlov 11 fevraldan 25 fevralgacha davom etadi. Tanlovda ishtirok etish uchun namuna sifatida 2-3 ta stiker chizish yetarli bo‘ladi.

Telegram tanlov doirasida kamida 250 ta stikerga haq to‘lamoqchi (har bir stiker uchun taxminan 80 dollar yoki bir to‘plam uchun 1200 dollar). Tanlov g‘oliblariga Telegram bilan hamkorlikni davom ettirish taklif qilinadi.

Eng yaxshi stikerlar Telegram funksiyalarini virtual o‘rganish davomida foydalanuvchilarga o‘rnatish uchun taklif qilinadi.

Bundan bir kun avval "VKontakte" ijtimoiy tarmok uchun stikerlar yaratuvchi yangi muallifni qidirish bo‘yicha tanlovni e'lon qildi, chunki ijtimoiy tarmoqning avvalgi rassomi Andrey Yakovenko Telegram bilan doimiy hamkorlik qilishi sababli ijtimoiy tarmoqdan ketgan. "VKontakte" tanlovi finalchilari mukofot sifatida iPad Pro plansheti (799 dollardan 1079 dollarga turadi) oladilar.

Top