16:47 / 12.02.2016
5371

“UZSALAMAN” korxonasida 20 dan ortiq turdagi poyabzal tayyorlanmoqda

Ma'lumotlarga ko‘ra, hozirgi kunda Farg‘ona shahrida faoliyat yuritayotgan “Uzsalaman” O‘zbekiston – Germaniya – Buyuk Britaniya qo‘shma korxonasida 20 dan ortiq turdagi poyabzal tayyorlanmoqda.

200 dan ziyod ishchi-mutaxassislar mehnat qilayotgan korxonada o‘tgan yili 137 ming 700 juft poyabzal ishlab chiqarilgan. Bu haqida qo‘shma korxona bosh direktori Ravshanbek Abdullayev ma'lumot bergan.

“Qo‘shma korxona mamlakatimizda va xorijiy davlatlarda o‘tkaziladigan nufuzli ko‘rgazmalarda faol qatnashib, import o‘rnini bosuvchi, sifatli poyabzal mahsulotlari bilan sanoatimizning yuksak salohiyatini namoyish etib kelmoqda”, deb yozadi O‘zbekiston milliy axborot agentligi.

Top