19:13 / 12.02.2016
14602

O‘zbekistonda Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan 7 mart dam olish kuni deb e'lon qilindi

2016 yil 5 mart shanba dam olish kunini 2016 yil 7 mart dushanba kuniga ko‘chirish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori e'lon qilindi. Bu haqda UzA xabar bergan.

Qarorda Xalqaro xotin-qizlar kunini nishonlash munosabati bilan hamda aholining dam olishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish va ish vaqtidan oqilona foydalanish maqsadida 2016 yil 5 mart shanba dam olish kuni 2016 yil 7 mart dushanba kuniga ko‘chirilishi, 2016 yil 5 mart shanba kuni ish kuni deb e'lon qilinishi ma'lum qilingan.

Top