14:50 / 12.02.2016
4716

Prankerlar Erdo‘g‘anga Poroshenko va Yatsenyuk nomidan qo‘ng‘iroq qilishdi

Rossiyalik prankerlar Vladimir Kuznetsov va Aleksey Stolyarov (Vovan va Lexus) Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anni telefon orqali o‘yin qilganlarini aytishdi. Bu haqda RIA Novosti agentligi xabar bermoqda.

Aytilishicha, prankerlar o‘zlarini Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko va bosh vaziri Arseniy Yatsenyuk deb tanishtirishgan. Shundan so‘ng, uqtirilishicha, Erdo‘g‘an Poroshenkoni “qadrli do‘st” deb atagan.

Prankerlar Ukraina nomidan Rossiyaga qarshi harakatlarni muvofiqlashtirishni taklif qilgan.

“Bajonudil. Bu borada shubhangiz bo‘lmasin”, - deb javob bergan Turkiya prezidenti.

Top