09:19 / 12.02.2016
2922

«PSJ» Neymarga yiliga 40 mln yevro maosh to‘lashga tayyor

«PSJ» va «Real» jamoalari «Barselona»ning braziliyalik hujumchisi Neymarni o‘z tarkibiga qo‘shib olish uchun harakatlarini davom ettirishmoqda.

UOL Esporte nashrining xabar berishicha, parijlikliklar jamoasi 24 yoshli futbolchiga yiliga 40 million yevro to‘lashga tayyorligini bildirgan. Bundan oldingi xabarlarda esa madridliklar jamoasi unga yiliga 20 million yevro maosh taklif etayotgani aytilgandi.

Qayd etilishicha, Neymar «Barselona» bilan yangi shartnomasi bo‘yicha to‘rt oydan beri muzokara olib bormoqda. Ammo tomonlar hozircha kelishuvga erisha olishmagan. Kataloniyaliklar futbolchining yillik maoshini 11 million yevrodan 16 million yevroga ko‘tarishga tayyorligini ma'lum qilishgandi.

Neymarning amaldagi shartnomasi 2018 yilning yozigacha tuzilgan. Bitim bandlariga ko‘ra, Neymarni sotib olishni istagan jamoa kataloniyaliklar hisob raqamiga 190 million yevro o‘tkazib qo‘yishi talab etiladi.

Neymarning otasi: O‘g‘limga boshqa o‘ta hotamtoy jamoadan taklif berilgan

Neymarga mo‘may taklif bergan jamoa «MYu» bo‘lib chiqdi

Neymarning otasi: O‘g‘lim faoliyatining oxirigacha «Barselona»da o‘ynashga majbur emas

Sport.es: «Real» vakillari Neymardan «Barselona»ni tark etishi haqida rasman e'lon qilishini so‘radi

Top