14:36 / 12.02.2016
10312

Toshkent kinoteatrlari “Dedpul” filmini ko‘rsatishdan voz kechdi

Toshkentning 5 yirik kinoteatri Tim Millerning “Dedpul” fantastik jangari filmini namoyish etishdan bosh tortdi, deb xabar beradi Sputnik agentligi.

“X odamlar” silsilasiga oid film premerasi 9 fevral kuni bo‘lib o‘tdi. “Dedpul” seriyadagi R reytingiga ega yagona film bo‘ldi, ya'ni unda 18dan oshmaganlar ko‘rishi mumkin bo‘lmagan sahnalar mavjud. Toshkent kinoteatrlari aynan shu sababdan uni namoyish etmayotgani aytilmoqda.

“Dedpul” bizda ko‘rsatilmaydi, negaki u yosh cheklovlariga ega va jamiyatimizdagi odob-axloq me'yorlariga mos kelmaydi”, - dedi MegaCinema kinoteatri menejyeri.

“O‘zbekkino” davlat agentligi, o‘z navbatida, film prokati haqidagi qaror faqat kinoteatr tomonidan qabul qilinishini ta'kidlab o‘tdi.

Top