22:07 / 12.02.2016
11692

Zidan "Real" futbolchilarini sotib olmoqchi bo‘lgan Mourinoga matbuot orqali javob qaytardi

"Real" jamoasi bosh murabbiyi Zinedin Zidan yozda "MYu" bosh murabbiyiga aylanishi kutilayotgan Joze Mourinoning jamoasi futbolchilaridan biri, fransiyalik Rafael Varanni Angliyaga olib ketish niyatida ekani haqidagi xabarlarga o‘z munosabatini bildirib o‘tdi.

"Mourino tomonidan "Real" futbolchisiga qiziqish bildirilishi kutilmagan xabar emas. Aynan Mourino Varanni "Real"ga olib kelgandi.

Lekin men aniq aytishim mumkinki, Varan "Real"da qoladi. U jamoa kelajagi", deydi Zidan.

Bundan oldinroq, Sport.es nashrida Mourino «MYu» bosh murabbiyiga aylansa, yangi jamoasiga «Real» futbolchilarini, xususan Beyl, Modrich va Varanni taklif etishi haqida xabar berilgandi.

Top