18:09 / 13.02.2016
8171

“Sug‘ur kuni” filmida bosh rolni ijro etgan aktyor bezor qilgan muxlislaridan qutilishning kutilmagan yo‘lidan yurdi

“Sug‘ur kuni” filmi orqali kinomuxlislarga tanish bo‘lgan amerikalik aktyor Bill Myurrey uni suratga olishga uringan ashaddiy muxlislarining mobil telefonlarini tomdan uloqtirgani uchun ularga to‘lov taklif qildi.

Aktyor telefonlarni otgan Kaliforniya shtati Karmel shahridagi bino rahbarining aytishicha, aktyorni uch metr masofadan suratga olishni boshlashganida, uning shu darajada jahli chiqqan-ki, o‘rnidan turib, muxlislarning telefonlarini tortib olgan va tomdan uloqtirib yuborgan.

Politsiyadan olingan ma'lumotga ko‘ra, "muhabbatlari qimmatga tushgan" gadjyet egalari sevimli aktyorlari ustidan rasmiy shikoyat qilgandan ko‘ra, kompensatsiya olishni ma'qul topishgan.

2015 yilning mart oyida aktyorning teleshoudagi ishtiroki shov-shuvlarga sabab bo‘lgandi. Chunki ushbu aktyor o‘sha shouda  ayollar kiyimi va shlyapasida namoyon bo‘lgandi. Aktyorning o‘zi buni har yilgi Texas South by Southwest festivali (kinofestival va konferensiya) sharafiga qilganini aytgandi.

2007 yili Myurrey Stokgolm politsiyasi tomonidan golf-karasini mast holatda boshqargani uchun qo‘lga olingandi. Huquqni muhofaza qilish tashkilotlari xodimlari uni o‘zi to‘xtagan mehmonxonaga ketayotganda shahar markazida qo‘lga olishgan. U o‘zini dadil tutgan, faqat Amerika qonunlariga tayanib, trubaga puflashdan bosh tortgan, lekin qon tahliliga rozi bo‘lgan. U mast holatda mashina boshqarganini tan olib tilxat ham yozib bergandi.

Top