19:42 / 13.02.2016
6633

Dushanbeda elchi olamdan o‘tdi

Bugun Dushanbe shahrida Hindistonning Tojikistondagi elchisi Biraja Prasada 42 yoshida to‘satdan vafot etdi.
Hindistonda eng yosh diplomat hisoblangan Prasadaning yuragi bugun ertalab birdan urishdan to‘xtagan.
Hindiston tashqi ishlar vazirligi diplomatning oilasiga o‘z ta'ziyasini bildirdi.

Eslab o‘tish lozim, 11 fevral kuni elchining iltimosiga binoan Tojikiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Parviz Davlatzoda va Biradja Prasadning uchrashuvi bo‘lib o‘tgan edi.

Tojikiston Respublikasi tashqi ishlar vazirligi ma'lumotlar departamenti xabariga ko‘ra, tomonlar Tojikiston-Hindiston hamkorligi masalalari ko‘rib chiqilgan.

Jumladan, uchrashuv davomida Shanxay hamkorlik tashkiloti doirasidagi hamkorlikka oid savollar ham tahlil qilingan.
Biradja Prasad Tojikistonga besh oy avval elchi etib tayinlangan. Bunga qadar u Rossiyada, Ispaniyada, Qozog‘istonda ishlagan. Uning diplomatik ish faoliyati 1998 yilda boshlangan.

Top