00:59 / 13.02.2016
4931

Ispaniyalik amaldor 6 yil ishga bormasdan maosh olib yurgan

Ispaniyaning Kadis shahrida 69 yoshli Xokain Garsiya ustidan sud jarayoni bo‘lib o‘tdi. Garsiya oqova suvlar stansiyasi uchun javobgar bo‘lgan. U 6 yil davomida ishiga bormagan, biroq yiliga 27 ming yevro maosh olib yurishda davom etgan.

Garsiya ishga bormasligi uni davlat xizmatida ko‘p yillik xizmati uchun mukofotlashga uning xizmat joyiga borilganda ayon bo‘ldi. Endi u 27 ming yevro jarima to‘lashiga to‘g‘ri keladi.

Top