08:48 / 13.02.2016
2445

Norvegiya qiroli Xarald Ikkinchi o‘smirlar qishki Olimpiya o‘yinlarini ochiq deb e'lon qildi

Norvegiya qiroli Xarald Ikkinchi o‘smirlar qishki Olimpiya o‘yinlarini rasman ochiq deb e'lon qildi.

Norvegiyaning Lillexammerida bo‘lib o‘tadigan Olimpiya o‘yinlari ochilishi marosimini shu yerda 1994 yili bo‘lib o‘tgan qishki Olimpiya o‘yinlari kabi "Lisgardsbakken" chang‘i tramplini qabul qildi. Marosim boshida Norvegiya bayrog‘i ko‘tarildi, so‘ngra millatlar paradi bo‘lib o‘tdi. So‘ngra Olimpiada bayrog‘ini arenaga 6 nafar nomdor sportchilar olib chiqishdi. Ular orasida figurali uchish bo‘yicha Olimpiya chempioni, koreyalik Yuna Kim va afsonaviy norveg chang‘ichisi Born Deli ham bor edilar. Marosim oxirida odatdagidek Olimpiya mash'alasi yoqildi.

O‘smirlar qishki Olimpiadasi 12-21 fevral kunlari Norvegiyaning Lillexammer, Oslo, Xamar, Yyevik va Eyyer shaharlarida bo‘lib o‘tadi. 71 ta davlatdan 1,1 mingga yaqin yosh sportchi 15 ta sport turida 70 ta medallar to‘plami uchun bellashadilar.

Top