10:26 / 13.02.2016
13927

Rossiyalik maktab bitiruvchilari o‘qib chiqishi shart bo‘lgan 100 ta kitob orasida “Alpomish” va “Go‘ro‘g‘li” dostonlari ham bor

Rossiya federatsiyasi ta'lim va fan vazirligi mamlakat tarixi, madaniyati va adabiyoti bo‘yicha har bir o‘quvchi mustaqil o‘rganishi kerak bo‘lgan 100 ta kitobni tavsiya etdi.

Ushbu ro‘yxatning tuzilishi («Putin ro‘yxati» nomi bilan ham mashhur) RF prezidenti Vladimir Putinning 2012 yili «Nezavisimaya gazeta»da chop etilgan «Rossiya: milliy masalalar» maqolasi bilan bog‘liq bo‘lib, unda prezident madaniy arboblar orasida so‘rov o‘tkazib, har bir maktab bitiruvchisi o‘qib chiqishi shart bo‘lgan 100 ta eng yaxshi kitobni aniqlashni taklif qilgan edi, deb yozadi ziyouz.uz sayti.

Ma'lumotlarga ko‘ra, ro‘yxatdan o‘rin olgan kitoblar 5000 dan ortiq asarlar ichidan tanlab olingan. Ahamiyatlisi shundaki, “Eposlar, dostonlar, solnomalar” yo‘nalishida turkiy xalqlar og‘zaki ijodining durdonalaridan «Alpomish», «Go‘ro‘g‘li», «Manas», «Ural botir» dostonlari ham kiritilgan.

Kitoblar ro‘yxati quyidagicha:

1. A. M. Adamovich, D. A. Granin. «Qamal kitobi» («Blokadnaya kniga»)
2. Ch. T. Aytmatov. «Asrga tatigulik kun», «Oqkema» («I dolshe veka dlitsya den», «Belyy paroxod»)
3. V. P. Aksyonov. «Yulduzli chipta», «Qrim oroli» («Zvyozdnyy bilet», «Ostrov Krym»)
4. A. G. Aleksin. «Akam klarnet chaladi» («Moy brat igrayet na klarnete»)
5. V. K. Arsenev. «Dersu Uzala»
6. V. P. Astafev. «Cho‘pon va podachi ayol», «Baliqlar shohi» («Pastux i pastushka», «Tsar-ryba»)
7. I. E. Babel. «Odessa hikoyalari», «Konarmiya» («Odesskiye rasskazy», «Konarmiya»)
8. P. P. Bajov. «Ural hikoyalari» («Uralskiye skazy»)
9. L. Panteleyev, G. G. Belyx. «ShKID respublikasi» («Respublika ShKID»)
10. V. O. Bogomolov. «Haqiqat oni» («Moment istiny»)
11. Yu. V. Bondarev. «Batalonlar o‘t ochishni so‘raydi», «Issiq qor» («Batalony prosyat ognya», «Goryachiy sneg»)
12. A. N. Boxanov. «Imperator Aleksandr III»
13. M. A. Bulgakov. «Oq gvardiya» («Belaya gvardiya»)
14. Kir Bulychyov. «Alisaning sarguzashtlari» («Priklyucheniya Alisy»)
15. I. A. Bunin. «Qorong‘i xiyobonlar» («Tyomnyye allei»)
16. V. V. Bykov. «O‘liklar og‘riqni bilmaydi», «Sotnikov» («Mertvym ne bolno», «Sotnikov»)
17. B. L. Vasilev. «Tonglar edi sokin bu yerda», «Ro‘yxatlarda yo‘q edi nomi» («A zori zdes tixiye…», «V spiskax ne znachilsya»).
18. G. V. Vernadskiy. «Rus tarixining tashqi ko‘rinishi» («Nachertaniye russkoy istorii»)
19. A. M. Volkov. «Zumrad shahar sehrgari» («Volshebnik Izumrudnogo goroda»)
20. A. P. Gaydar. «Timur va uning jamoasi», «Chuk va Gek», «Moviy piyola» («Timur i yego komanda», «Chuk i Gek», «Golubaya chashka»)
21. R. H. Hamzatov. «Mening Dog‘istonim», «She'rlar» («Moy Dagestan», «Stixotvoreniya»)
22. V. A. Gilyarovskiy. «Moskva va Moskvaliklar» («Moskva i moskvichi»)
23. I. A. Goncharov. «Oddiy voqea» («Obyknovennaya istoriya»)
24. A. B. Goryanin. «Rossiya. Muvaffaqiyat tarixi» («Rossiya. Istoriya uspexa»)
25. A. S. Grin. «Oq yelkanlar», «To‘lqinlar osha yuguruvchi» («Alyye parusa», «Begushchaya po volnam»)
26. L. N. Gumilyov. «Rusdan Rossiyaga» («Ot Rusi k Rossii»)
27. N. S. Gumilyov. «She'rlar» («Stixotvoreniya»)
28. A. I. Denikin. «Rus isyonlari ocherklari» («Ocherki russkoy smuty»)
29. Musa Jalil. «Moabit daftari» («Moabitskaya tetrad»)
30. S. D. Dovlatov. «Hudud», «Chemodan», «Qo‘riqxona», «Hikoyalar» («Zona», «Chemodan», «Zapovednik», «Rasskazy»)
31. F. M. Dostoyevskiy. «Telba» («Idiot»)
32. V. Yu. Dragunskiy. «Deniskin hikoyalari» («Deniskiny rasskazy»)
33. V. D. Dudintsev. «Oq ko‘ylaklar» («Belyye odejdy»)
34. N. V. Dumbadze. «Men, buvim, Iliko va Illarion» («Ya, babushka, Iliko i Illarion»)
35. M. Ibragimbekov. «Akamdan yaxshisi yo‘q edi» («I ne bylo luchshe brata»)
36. I. A. Ilin. «Rossiya haqida. Uch nutq» («O Rossii. Tri rechi»)
37. I. Ilf, Ye. Petrov. «12 stul», «Oltin buzoq» («Dvenadtsat stulev», «Zolotoy telyonok»)
38. A. O. Ishimova. «Bolalar uchun Rossiya tarixidan hikoyalar» («Istoriya Rossii v rasskazax dlya detey»)
39. F. A. Iskandar. «Chegemlik Sandro» («Sandro iz Chegema»)
40. V. A. Kaverin. «Ikki kapitan», «Ochiq kitob» («Dva kapitana», «Otkrytaya kniga»)
41. L. A. Kassil. «Tayyor turing, janobi oliylari», «Konduit va Shvambraniya» («Budte gotovy, Vashe vysochestvo!», «Konduit i Shvambraniya»)

42. V. P. Katayev. «Yolg‘iz yelkan oqarib ko‘rinadi» («Beleyet parus odinokiy»)
43. V. L. Kondratev. «Sashka»
44. N. P. Konchalovskaya. «Bizning qadimiy poytaxtimiz» («Nasha drevnyaya stolitsa»)
45. V. P. Krapivin. «Nayzali bolakay» («Malchik so shpagoy»)
46. V. Kuzmin. «Nartlar xazinasi: botir nartlar haqida kabardin va bolqor rivoyatlari» («Sokrovishche nartov: Iz kabardinskix i balkarskix skazaniy o bogatyryax-nartax»)
47. A. I. Kuprin. «Yakkama-yakka olishuv», «Yoqut ko‘zli bilaguzuk» («Poyedinok», «Granatovyy braslet»)
48. L. I. Lagin. «Qariya Xattob» («Starik Xottabych»)
49. N. S. Leskov. «Maftun darbadar» («Ocharovannyy strannik»)
50. D. S. Lixachyov. «Igorev polki haqida so‘z», «Rossiya haqida o‘ylar» (to‘plam), «XII—XIV asr solnomalaridagi rus rivoyatlari» («Slovo o polku Igoreve» i kultura yego vremeni, «Razdumya o Rossii (sbornik)», «Rasskazy russkix letopisey XII—XIV vv.»)
51. Yu. M. Lotman. «Rus madaniyati haqida suhbatlar», «Pushkinning «Yevgeniy Onegin» romani» («Besedy o russkoy kulture», Roman A. S. Pushkina «Yevgeniy Onegin»)
52. V. V. Nabokov. «Iste'dod», «Lujin himoyasi», «Qatlga taklif» («Dar», «Zashchita Lujina», «Priglasheniye na kazn»)
53. V. P. Nekrasov. «Stalingrad okoplarida» («V okopax Stalingrada»)
54. N. N. Nosov. «Bilmasvoy va do‘stlarining sarguzashtlari», «Bilmasvoy Oyda», «Tirik shlyapa», «Mishkinning bo‘tqasi» («Priklyucheniya Neznayki i yego druzey», «Neznayka na Lune», «Jivaya shlyapa», «Mishkina kasha»)
55. V. A. Obruchev. «Sannikov yeri» («Zemlya Sannikova»)
56. Yu. K. Olesha. «Uch baqaloq» («Tri tolstyaka»)
57. N. A. Ostrovskiy. «Po‘lat qanday toblandi» («Kak zakalyalas stal»)
58. K. G. Paustovskiy. «Hayot haqida qissa», «Mesharlar tomoni» («Povest o jizni», «Meshchyorskaya storona»)
59. V. S. Pikul. «PQ-17 karvoni motam kuyi», «Miniaturalar» («Rekviyem karavanu PQ-17», «Miniatyury»).
60. A. I. Pristavkin. «Oltin bulutcha» («Nochevala tuchka zolotaya»)
61. L. S. Petrushevskaya. «Hikoyalar va qissalar» («Rasskazy i povesti»)
62. B. N. Polevoy. «Haqiqiy inson haqida qissa» («Povest o nastoyashchem cheloveke»)
63. Kozma Prutkov. «Asarlar» («Sochineniya»)
64. V. G. Rasputin. «Matyora bilan xayrlashuv» («Proshchaniye s Matyoroy»)
65. R. I. Rojdestvenskiy. «She'rlar» («Stixotvoreniya»)
66. N. M. Rubtsov. «She'rlar» («Stixotvoreniya»)
67. Shota Rustaveli. «Yo‘lbars terisini yopingan pahlavon» («Vityaz v tigrovoy shkure»)
68. A. N. Rybakov. «Hanjar», «Bronza qush», «O‘q uzish» («Kortik», «Bronzovaya ptitsa», «Vystrel»)
69. D. Samoylov. «She'rlar» («Stixotvoreniya»)
70. K. M. Simonov. «She'rlar», «Tiriklar va o‘liklar» («Stixotvoreniya», «Jivyye i myortvyye»)
71. L. V. Solovyov. «Xo‘ja Nasriddin haqida qissa» («Povest o Xodjye Nasreddine»)
72. Aka-uka Strugatskiylar. «Dushanba shanbadan boshlanadi», «Xudo bo‘lish qiyin» («Ponedelnik nachinayetsya v subbotu», «Trudno byt bogom»)
73. V. S. Tokareva. «Hikoyalar va qissalar» («Rasskazy i povesti»)
74. A. N. Tolstoy. «Kumush knyaz» («Knyaz Serebryanyy»)
75. L. N. Tolstoy. «Hojimurod», «Kazaklar», «Anna Karenina» («Xadji-Murat», «Kazaki», «Anna Karenina»)
76. A. To‘qay. «Shurale»
77. Yu. N. Tynyanov. «Pushkin», «Vazir Muxtorning o‘limi» («Pushkin», «Smert Vazir-Muxtara»)
78. E. N. Uspenskiy. «Timsoh Gena va uning do‘stlari», «Fyodor amaki, it va mushuk» («Krokodil Gena i yego druzya», «Dyadya Fyodor, pyos i kot»)
79. A. A. Fadeyev. «Yosh gvardiya», «Tor-mor» («Molodaya gvardiya», «Razgrom»)
80. R. I. Frayerman. «Yovvoyi it Dingo yoki ilk sevgi qissasi» («Dikaya sobaka Dingo, ili Povest o pervoy lyubvi»)
81. K. L. Xetagurov. «She'rlar» («Stixotvoreniya»)
82. Ye. L. Shvarts. «Ajdaho», «Qor malikasi» («Drakon», «Snejnaya koroleva»)
83. V. M. Shukshin. «Hikoyalar» («Rasskazy»)
84. N. Ya. Eydelman. «Lunin», «Sening XIX asring» («Lunin», «Tvoy XIX vek»)
85. I. G. Erenburg. «Odamlar, yillar, hayot» («Lyudi, gody, jizn»)
86. V. G. Yan. «Chingizxon», «Botu», «So‘nggi dengizga» («Chingiz-xan», «Batyy», «K poslednemu moryu»)
87 V. L. Yanin. «Men senga maktub yo‘lladim» («Ya poslal tebe berestu»)

Eposlar, dostonlar, solnomalar:

88. «Alpomish»
89. «Geser»
90. «Dovud Sosuniy» («David Sasunskiy»)
91. «Jangar»
92. «Kalevala»
93. «Go‘ro‘g‘li»
94. «Manas»
95. «Olonxo»
96. «Ural botir»
97. «Kirshey Danilov to‘plagan qadimgi rus she'rlari» («Drevniye rossiyskiye stixotvoreniya, sobrannyye Kirsheyu Danilovym»)
98. «O‘tkinchi yillar qissasi» («Povest vremennyx let»)
99. «Dostonlar» (tuzuvchilar Checherov K., Uxov P.) («Byliny» (sost. Checherov K., Uxov P.)
100. «Rossiya xalqlari ertaklari» (tuzuvchi Vatagin M.) («Skazki narodov Rossii» (sost. Vatagin M.)

 

Top