15:37 / 14.02.2016
21122

Aktyor Husan Sharipov G‘afur G‘ulomdan nega tarsaki yegandi?

O‘zbekiston xalq artisti Husan Sharipov “Darakchi” gazetasiga bergan intervyusida o‘zbek adabiyotining yirik vakili, yozuvchi G‘afur G‘ulomdan tarsaki yegani haqidagi voqeani eslab o‘tdi.

Aktyor bolaligida juda sho‘x bo‘lganini ta'kidlar ekan, “8 sinfga o‘tganimizda, yigit-qizlar bir sinfda o‘qiydigan bo‘ldik. O‘sha kundan boshlab, sho‘xligim va so‘zamolligim chegaralanadi. Oldimdagi partada o‘zbek adabiyotining mashhur namoyondalaridan biri G‘afur G‘ulomning qizi Olmos G‘ulomova o‘tirar edi. Qizlar orasida faqat Olmos har kuni har-xil ko‘ylak kiyib kelardi. Qizlar uni yolg‘izlati qo‘yishgandi va mening ham sinfdoshlarim bilan tilim bir edi.

Kunlarning birida yarim metr keladigan sim bilan Olmosning sochini parta o‘rindig‘iga bildirmay bog‘lab qo‘ydim. Bu qo‘pol hazilim bilan alamimdan chiqqandim. Katta tanaffusda o‘ynab yurganimda novcha bo‘yli odam “Qani u”, deb maktab xovlisiga kirib keldi. Qochsam uyat bo‘lardi. Olmos ko‘rsatgunicha aybimni tan olib, “Men” dedim. G‘afur G‘ulom ko‘rsatkich barmog‘i bilan “Yonimga kel”, deb ishora qildi va chakkamga bir tarsaki tushirdi. Xaxolab kulsam, hayratlanib, “Nega kulasan”, deb so‘radi. “Meni G‘afur G‘ulom urdi, u hammaniyam uravermaydiyu”, deb javob qaytardim”, deya xotirladi.

Top