20:44 / 14.02.2016
5947

Futzal. O‘zbekiston Osiyo chempionati chorak finalida Iroqqa qarshi o‘ynaydi

Osiyo chempionati "A" guruhi, uchinchi turi doirasida O‘zbekiston Livanni 2:0 hisobida mag‘lub etdi.

O‘yindagi gollar 11 va 16 daqiqalarda Anorov hamda Abdumavlonov tomonidan urildi.

Shu tariqa, guruhda 100 foizlik natija ko‘rsatga o‘zbekistonliklar chorak final bosqichida "V" guruhida ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan jamoaga qarshi o‘ynaydigan bo‘ldi.

"V" guruhi uchinchi turi doirasida Eron terma jamoasi Iroqqa qarshi maydonga tushdi va yirik hisobda g‘alabaga erishdi.

Uchrashuvning birinchi bo‘limidayoq 10:1 hisobi qayd etildi. Ikkinchi bo‘limda eronliklar raqib darvozasiga yana 2ta gol urishga muvaffaq bo‘lishdi. Iroq esa bitta gol bilan javob berdi. Shu tariqa "V" guruhida Eron terma jamoasi 9 ochko bilan birinchi o‘rinni egalladi, Iroq terma jamoasi esa 6 ochko bilan ikkinchi o‘rinda qoldi.

Endi chorak finalda O‘zbekiston terma jamoasi Iroq bilan kuch sinashadi.

"V" guruhi g‘olibi Eron terma jamoasining chorak finaldagi raqibi esa "A" guruhida ikkinchi o‘rinni egallagan Qirg‘iziston terma jamoasi bo‘ladi. Qirg‘izistonliklar uchinchi turda Saudiya Arabistonini yengdi.

Osiyo chempionati, "A" guruhi
3-tur
O‘zbekiston - Livan - 2:0
Gol: Anorov 11, Abdumavlonov 16
O‘zbekiston: Rustam Umarov, Dilshod Rahmatov, Farhod Abdumavlonov, Artur Yunusov, Konstantin Sviridov
Zaxira: Dilshod Irsaliyev, Nodir Eliboyev, Feruz Faxriddinov, Davron Choriyev, Javlon Anorov, Andrey Shlema, Jamoliddin Sharipov, Akmal Xazratqulov, Klim Tyugayev
Livan: Xussayn Hamadoni, Karim Abu Zeid, Ahmad Xayr, Qossim Xusan, Ali Tneix
Zaxira: Xodi Abu Aql, Mustafo Ryyem, Ali El Xomsi.

Futzal, Osiyo chempionati
"V" guruhi, 3-tur
Eron - Iroq - 13:2
Gollar: Muhammad Tohiri 1, Hussayin Tayyebi 3, Asgxar Hassanzoda 5, Hamid Ahmadi 6, Mahdi Javid 6, Muhammad Tohiri 10, Hussayin Tayyebi 12, Mahdi Javid 15, Hussayin Tayyebi 18, Farhod Tavakoli 20, Hussayin Tayyebi 28, Xusayyin Tayyebi 35, Asqar Xasanzoda 40 - Volid Holid 17, Amjad Karim 10

Top