18:27 / 14.02.2016
7209

Instagram’da bir nechta akkauntdan foydalanish uchun qo‘llanma

Biroz avval Instagram ijtimoiy tarmog‘i bir vaqtda bir nechta akkauntni qo‘llab-quvvatlashni yo‘lga qo‘ygani haqida xabar bergan edik. Bu yangilik tarmoqda bir nechta sahifaga ega bo‘lgan foydalanuvchilar uchun qulaylik yaratdi. Keling, undan qanday foydalanishni ko‘rib chiqamiz.

Amaldagi akkauntga boshqa sahifangizni qo‘shish uchun quyidagi harakatlarni amalga oshirishingiz kerak bo‘ladi:

1. Ilovaning “Sozlamalar” bo‘limiga kirib, o‘ng yuqori burchakdagi 3 ta nuqtani bosasiz.

2. Yangi ochilgan oynaning eng quyi qismida “Dobavit akkaunt” (“Akkaunt qo‘shish”) tugmasini bosasiz va u yerda ochilgan oynaga yangi qo‘shiladigan akkauntning login va parolini terasiz.

Ushbu harakatlarni to‘g‘ri amalga oshirangiz, Siz yangi qo‘shilgan akkautning bosh sahifasiga o‘tasiz. Akkauntni almashtirish sahifaning yuqori chap qismidagi bo‘limda amalga oshiriladi: paydo bo‘lgan ro‘yxatdan kerakli akkaunt tanlanadi.

Bildirgi hamda lentadagi yangilanishlar,  shuningdek, sozlamalar ham har bir akkaunt uchun alohida hisoblanadi. Istalgan vaqtda qo‘shimcha sahifani o‘chirish ham mumkin. Buning uchun, kerakli sahifaga kiriladi hamda “Zavershit seans” (“Seansni yakunlash”) tanlanadi. Ushbu harakat amalga oshirilgach, Instagram’da bu akkauntdan hech qanday ma'lumot saqlanib qolmaydi. 

Top