07:22 / 14.02.2016
2726

Misrda qurilayotgan masjidning bir qismi qulashi oqibatida bir nafar kishi halok bo‘ldi, 22 kishi jarohat oldi

Misrning Kafr-al-Shayx viloyatidagi qishloqlardan birida qurilayotgan masjidning bir qismi qulashi oqibatida bir nafar quruvchi halok bo‘ldi, 22 nafari esa turli og‘irlikdagi jarohatlar oldi, deb xabar bermoqda Al Youm El Sabea.

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, ishchining o‘limiga va uning qishloqdoshlarining jarohatlanishiga masjid tomining qulashi sabab bo‘lgan. Ta'kidlanishicha, masjid binosi ko‘plab texnik qoidabuzarliklar bilan qurilayotgan bo‘lgan.

30 ga yaqin tez tibbiy yordam mashinasi jabrlanganlarni mahalliy tibbiyot muassasalariga yetkazgan.

Top