22:50 / 14.02.2016
5812

OAV: Turkiya Suriya hududlarini o‘qqa tutishda davom etmoqda

Turkiya armiyasi suriyalik kurdlarning Suriyadagi pozitsiyalarini o‘qqa tutmoqda, deb xabar bermoqda CNN Turk telekanali.

Harbiy manbalardagi ma'lumotlarga ko‘ra, 14 fevralda Turkiya qurolli kuchlari Suriyadagi kurdlar pozitsiyalarini yana o‘qqa tutgan.

Suriya inson huquqlari bo‘yicha observatoriyasining ma'lum qilishicha, qurbonlar haqida ma'lumot olingan.

Bundan avval Turkiya Suriyaning A'zas tumanida kurdlar pozitsiyalariga zarbalar berishni boshlagan.

Top