18:56 / 14.02.2016
3884

Samarqand viloyatida bir qator qishloq shifokorlik punktlari me'yorlarga javob bermagani uchun yopildi

Samarqand viloyatining Pastdarg‘om tumanidagi bir qator qishloq shifokorlik punktlari ular joylashgan binolarning qurilish me'yorlariga to‘g‘ri kelmagani sababli o‘z faoliyatini to‘xtatdi.

Ular orasida “Mingboyev”, "Yangi Ravot", "Mash'al", "Zarbdor", "Gumbaz" va boshqa punktlar bor.

Bugungi kunda barcha tuman qishloq shifokorlik punktlari "Salomatlik-2" dasturi bo‘yicha eng zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan va malakali tibbiy xodimlar bilan ta'minlangan. Biroq "Samarkandskiy vestnik" nashrining ma'lum qilishicha, viloyatdagi shifokorlik punktlarining ko‘pida elektr energiya ta'minoti bilan bog‘liq muammolar mavjud. Shu sababli tahlillarni o‘z vaqtida o‘tkazish, asboblarni sterillash va emlash uchun vaksinalarni saqlashning imkoni bo‘lmayapti.

Shuningdek, shifokorlik punktlariga suv va issiqlik ta'minoti uzatishda ham muammolar kuzatilmoqda. Bu omillar aholiga ko‘rsatiladigan tibbiy xizmatlar sifatiga salbiy ta'sir ko‘rsatmoqda.

Top