10:35 / 15.02.2016
4774

"Arsenal"ning yirik aksioneri Los-Anjyeles va Nyu-York o‘lchamidagi rancho sotib oldi

Milliarder Sten Kronke AQShdagi eng katta rancho bo‘lgan "Vaggoner"ni sotib oldi. Ranchoning maydoni 216,5 ming gektarni tashkil qiladi, bu maydon Los-Anjyeles va Nyu-York shaharlari hududlarining birgalikda olingandagi o‘lchamidan ko‘proqni tashkil qiladi, deb yozmoqda The Wall Street Journal nashri.

Ushbu xarid Kronkega 725 mln dollarga aylandi.

Bu xarid orqali milliarder yer bilan birga 7,5 ming bosh chorva, 500 nafar ot, 12 ming gektar qishloq xo‘jaligi maydonlari, yiliga 675 ming barrel neft beruvchi 1,2 mingta neft qudug‘ini ham qo‘lga kiritdi.

Kronkening boyligi 7,7 mlrd dollarga baholanadi. U AQShdagi eng yirik ko‘chmas mulkni rivojlantirish kompaniyasi Kroenke Group’ning egasi, uning rafiqasi esa Wal-Mart kompaniyasining vorislaridan biri hisoblanadi.

Kronkega, shuningdek, Angliyaning "Arsenal" futbol jamoasining 40 foiz aksiyasi, "Denver Naggets" basketbol jamoasi, "Kolorado Evalansh" xokkey klubi va "Kolorado Repidz" futbol jamoasi ham tegishli.

Top