06:35 / 15.02.2016
1775

Isroilda avtobus avtofalokatga uchrashi oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi

14 fevralda Isroilning markaziy qismida yuk mashinasi va avtobus to‘qnashib ketishi oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi, 20 kishi jarohat oldi. Bu haqda mahalliy OAVga iqtibos keltirgan holda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar berdi. 

Qutqaruv xizmati vakili ma'lumotlariga ko‘ra, qurbonlar soni oshishi mumkin.           

Avtofalokat Latrun viloyati yaqinidagi yo‘lda kechki payt yuz berdi. Avtobus Quddusdan Bney-Brakka ketayotgan bo‘lgan. "Izrail 24" portalining ma'lumotlariga ko‘ra, avtobus katta tezlikda yo‘l chetida turgan va yo‘lning qatnov qismini qisman egallab turgan yuk mashinasiga kelib urilgan. Mahalliy jurnalistlarning ta'kidlashicha, qurbonlar orasida bolalar ham bor.  

Voqea joyiga politsiya xodimlari va qutqaruvchilar yetib kelgan. Yo‘l-transport hodisasi yuz bergan yo‘l yopib qo‘yilgan. IsraelInfo portali ma'lumotlariga ko‘ra, avtobus haydovchisi omon qolgan va so‘rov qilish uchun hibsga olingan.

Ayni vaqtda YTH sabablari aniqlashtirilmoqda.

Top