08:41 / 15.02.2016
3584

La Liganing 24 turida "Barselona" "Selta"ni yirik hisobda mag‘lub etdi

14 fevral oqshomida Ispaniya chempionatining 24-turi doirasida "Barselona" o‘z maydonida "Selta"ni qabul qildi va 6:1 hisobidagi yirik g‘alabaga erishdi.

Qayd etish kerakki, birinchi bo‘lim durang hisob bilan yakunlangandi. 28-daqiqada Messi hisobni ochgan bo‘lsa, 39-daqiqada Gvidetti penaltidan vaziyatni tenglashtirdi.

Ikkinchi bo‘limda Suares uchta gol urdi. Uning xet-trigi, Rakitich hamda Neymarning bittadan gollari amalda hisob yirik ko‘rinish olishiga olib keldi.

Endilikda, Luis Enrike shogirdlari 57 ochko to‘plagan holda turnir jadvalida yakkapeshqadam bo‘lib turishibdi. Kataloniyaliklardan bitta ko‘p o‘yin o‘tkazgan holda 54 ochko to‘plagan "Atletiko" ikkinchi o‘rinda. Sakkizinchi o‘rinda joylashgan "Selta" hisobida esa 35 ochko bor.

Ispaniya chempionati, 24-tur
Barselona – Selta 6:1 (1:1, 5:0)
Gollar: 1:0 – 28 Messi, 1:1 – 39, penalti Gvidetti, 2:1 – 59 Suares, 3:1 – 75 Suares, 4:1 – 81 Suares, 5:1 – 84 Rakitich, 6:1 – 90 Neymar.
Barselona – Bravo, Dani Alves (Aleish Vidal, 61), Pike, Maskerano, Alba, Serdji Roberto (Rakitich, 61), Buskets, Inesta (Turan, 78), Messi, Suares, Neymar.
Selta – Alvares, Malo, Kabral, Kastro, Planas, Vass (Diop, 83), Radoya, Ernandes (Dias, 65), Bovyu, Gvidetti (Drajich, 78), Xosep Sene.
Ogohlantirishlar: Kabral (11), Planas (26), Malo (42), Xosep Sene (74).

Top