14:20 / 15.02.2016
8051

O‘zbek milliy sport turlari Jahon forumida namoyish etildi

Turkiyaning Istanbul shahrida Butunjahon kurash ittifoqi (United World Wrestling) tomonidan dunyo mamlakatlari milliy kurash turlarining forumi o‘tkazildi. Unda ellikdan ziyod davlat vakillari o‘zlarining milliy sport turlari bilan ishtirok etdi, deb xabar beradi O‘zbekiston milliy axborot agentligi.

Forumda O‘zbekiston Bel olish va uch kurash assotsiatsiyasi vakillari ham qatnashdi. Assotsiatsiya 2015 yili tashkil etilgan bo‘lib, uning asosiy vazifasi o‘zbek milliy sport turlari – kurash, belbog‘li kurash va belbog‘li olishni rivojlantirish, mazkur sport turlari asosida yangi uch kurash sport turini keng targ‘ib qilishdan iborat. Uch kurash musobaqalari uch davra (raund) davom etadi: kurash, belbog‘li kurash va belbog‘li olish.

Anjumanda O‘zbekiston Bel olish va uch kurash assotsiatsiyasi vakillari tomonidan tayyorlangan uch kurash bo‘yicha polvonlarning ko‘rgazmali chiqishlari aks ettirilgan videofilm namoyish etildi.

Top