10:40 / 15.02.2016
6207

Qozog‘istonlik juftlikning birgalikdagi turmushining 60 yillik yubileyi ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarini ta'sirlantirdi

Ijtimoiy tarmoqlarda keksa yoshdagi qozog‘istonlik juftlikning birgalikdagi turmushining 60 yillik yubileyi nishonlangan video paydo bo‘ldi. Sochlariga allaqachon oq tushgan bobo va momo yubileyni nishonlash vaqtida mehmonlarning guldiros qarsaklari ostida raqslarga tushdilar, birgalikda katta tortni kesishdi va barchani haqiqiy muhabbat baribir borligiga ishontirishdi.

Bu video ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarini ta'sirlantirdi va juftlik videosi bir kun ichida 75 mingta "layk" yig‘ishga muvaffaq bo‘ldi.

Foydalanuvchilar bu qariyalarga yana uzoq umr birgalikda hayot kechirishni tilagan va o‘zlari ham bir kun o‘z juftlari bilan shunday yubileyni nishonlay olishlarini orzu qilgan holda, video ostida shavqli izohlar qoldirishmoqda.

 

Qozog‘istonlik juftlikning birgalikdagi turmushining 60 yillik yubileyi ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarini ta'sirlantirdi ➥ Batafsil: http://kun.uz/124365Ijtimoiy tarmoqlarda keksa yoshdagi qozog‘istonlik juftlikning birgalikdagi turmushining 60 yillik yubileyi nishonlangan video paydo bo‘ldi.

Opublikovano Kun.uz 15 fevralya 2016 g.
 

 

Opublikovano Kun.uz 15 fevralya 2016 g.
Top