21:26 / 15.02.2016
10430

Siam egizaklari 10 soat davom etgan jarrohlik amaliyoti yordamida bir-biridan ajratildi

Yigirma ikki nafar shifokor va hamshiradan iborat tibbiy guruh suriyalik boshi bilan bir-biriga birikkan Siam egizaklarini 10 soatlik, eng qiyin deya hisoblangan jarrohlik amaliyoti natijasida ajratishdi.

Chaqaloq qizaloqlar Tuqa va Yaqin operatsiya uchun qirol Salmon ibn Abdulaziz farmoni bilan Suriyadan Saudiya Arabistoniga olib kelingandi.

Jarrohlik amaliyoti yakshanba kuni poytaxt Ar-Riyoddagi qirol Abdulazizning Tibbiyot shaharchasida o‘tkazildi va 10 soat va 45 daqiqa davom etdi.

“Biz jarrohlik amaliyoti 12 soat davom etadi deb o‘ylagan edik. Lekin amaliyotni 10 soatu 45 daqiqada yakunladik”, dedi tibbiy jamoani boshqargan shifokor Ahmad al Faryan.

“Egizaklar boshlari bilan bir-biriga birlashgan edi, bu esa Siam egizaklaridagi murakkab holatlaridandir”, deya qo‘shimcha qilgan u.

Ma'lumotlarga ko‘ra, dushanba kuni ularning har birida alohida ravishda jarrohlik amaliyoti o‘tkazilishi lozim bo‘lgan.

Top