12:03 / 15.02.2016
3080

Turkiya Suriyaga harbiylarini jo‘natish niyatida emasligini bildirdi

Turkiya Mudofaa ishlari vaziri Ismat Yilmazning ma'lum qilishicha, mamlakat hukumati Suriyaga harbiy qo‘shin jo‘natmayapti va kelajakda ham bu ishni qilish niyatida emas. Bu haqda Reyter agentligi xabar tarqatgan.

"Bunday xabarlarda asos yo‘q. Bizda o‘z askarlarimizni Suriyaga jo‘natish fikri bo‘lmagan ham", deyiladi Suriya TIV sayti xabariga munosabat bildirar ekan u.

Bundan oldinroq, Suriya TIV saytida 12ta pikapga mingan qurollangan turk askarlari mamlakat chegarasini kesib o‘tgani haqida bayonot bilan chiqqandi.

Xabarda qayd etilishicha, pikaplarda 100 nafarga yaqin harbiy bo‘lgan.

Top