17:47 / 16.02.2016
2431

Bloomberg: Anglo American’ning yillik zarari 5,6 mlrd dollarni tashkil qildi

Kon qazilmalari bo‘yicha yirik konglomerat sanalgan Anglo American’ning sof zarari 2015 yilda 2014 yilga qaraganda 5,62 milliard dollar darajasida ikki marta oshdi, deya xabar bermoqda Bloomberg kompaniyaning moliyaviy hisobotiga manba ko‘rsatgan holda.

“Hisobot davrida kompaniyaning foydasi 2014 yil bilan taqqoslanganda 26 foizga qisqarib, 23 milliard dollarni tashkil qildi”, - deyilmoqda xabarda.

“EBITDA ko‘rsatkichi 2015 yilda 2014 yilga qaraganda 38 foizga qisqarib, 4,85 milliard dollarga teng bo‘ldi” deya qayd etilgan.

2015 yilda dividendlar 2014 yilga qaraganda deyarli uch marotaba qisqardi, har bir aksiya uchun 0,64 AQSh dollarini tashkil qildi. O‘tgan yilning dekabr oyida Anglo American kotirovkalari 1999 yilning may oyiga qaraganda minimumga ketdi.

Avvalroq Anglo American tomonidan kompaniyadagi qayta tizimlash doirasida 85 ming xodimni qisqartirish e'lon qilingan edi.

Top