23:56 / 16.02.2016
3755

Bloomberg: Iroq va Kuvayt neft qazib olish hajmini muzlatishni qo‘llab-quvvatlashga tayyorlar

Iroq va Kuvayt neft qazib olishning joriy hajmini muzlatishni qo‘llab-quvvatlashga tayyorlar. Bu haqda Bloomberg axborot agentligi ma'lum qildi.

OPeKning 2-raqamli davlati Iroq neft qazib olish hajmini yanvar oxirida qayd qilingan darajada muzlatishga tayyor. Bu haqda agentlikka tarang siyosiy vaziyat tufayli noma'lum qolishni istagan manba ma'lum qilgan.

Neft qazib olish hajmini muzlatish bo‘yicha kelishuvga OPeKda 3-raqamli davlat bo‘lgan Kuvayt qo‘shilishga tayyorligini bildirgan.

Top