14:53 / 16.02.2016
3739

Braziliya hukumati Neymarga shaxsiy samolyoti va yaxtasidan foydalanishni taqiqlab qo‘ydi

Braziliya hukumati Neymarning bir necha mulklaridan vaqtinchalik foydalanishni taqiqlab qo‘ydi. Bu haqda ESPN nashri xabar tarqatmoqda.

San-Paulu Federal sudi futbolchining taxminan 45 million yevrolik mol-mulkini muzlatib qo‘ygan. Shu jumladan o‘zining shaxsiy samolyoti va yaxtasidan foydalanishi ham taqiqlab qo‘yilgan.

O‘tgan yili Neymar davlat g‘aznasiga taxminan 14 million yevro miqdorida soliq to‘lamaganlikda aybdor deb topilgandi.

Top