23:45 / 16.02.2016
6793

Facebook sahifasi ma'muri misrlik ayollarning o‘z erlariga xiyonati haqidagi so‘zlari uchun hibsga olindi

Misr bosh prokurori Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi "Aziyat chekayotgan erning xotira daftarlari" sahifasining ma'muri Taymur al-So‘bqiyni televideniyeda aytgan so‘zlari uchun hibsga olinishiga buyruq berdi. U misrlik ayollarning uchdan biri o‘z erlariga sadoqatli emasliklarini aytgan. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.

Al-So‘bqiy "Buning imkoni bor" shousidagi chiqishida misrlik 30 foiz ayol o‘z erlariga xiyonat qilishga tayyor ekanliklari va ularni bunga og‘dirishni kutishlarini aytdi. Uning aytishicha, ko‘plab ayollar erlari xorijda bo‘lganda ularga xiyonat qiladilar.

Al-So‘bqiyga misrlik ayollarning nomusi va sha'nini haqorat qilish aybi qo‘yildi.

Top