19:54 / 16.02.2016
5036

Hamyonbop Lumia 650 smartfoni

Microsoft kompaniyasi o‘rtacha darajadagi Lumia 650 biznes-smartfoni haqida e'lon qildi. Qurilma Windows 10 Mobile operatsion tizimi asosida ishlaydi. U Windows Hello yoki Lumia 950 modelidagi Continuum singari ilg‘or biometrik autentifikatsiya texnologiyasi bilan ta'minlanmagan. Biroq yupqa metal korpus (6,9 millimetr), zamonaviy dizayn va qulay narx—bularning bari 200 AQSh dollari.

"Vinfon" 5-dyuym OLED-ekran (1280x720 piksel), 4 yadroli 1,3 GGts takt chastotali Snapdragon 212 protsessor bilan ta'minlangan.

Akkumulyator quvvati 2000 mA*s. Ana shunday imkoniyatlari bilan qurilma 122 gramm tosh bosadi. Smartfon ikkita kameraga ega — 8 megapiksellik asosiy va 5 megapikellik frontal kamera. Lumia 650 shu haftada savdoga chiqarilishi rejalashtirilmoqda.

Ma'lumotlarga ko‘ra, Lumia 650 smartfoni Lumia avlodiga mansub so‘ngi Windows-smartfon bo‘lishi mumkin. Bu haqida yanvarning so‘ngida Windows Central saytida xabar berildi. Shuningdek, qurilmaning texnik tavsifi ham bayon qilindi.

Manabaning ma'lum qilishicha, Microsoft kompaniyasi Lumia 650 smartfonidan so‘ng, bor diqqat-eʼtiborini Surface avlodiga qaratmoqchi. Bunday rusumdagi ilk qurilmalar kuz faslida ishlab chiqarilishi mumkin.

Top