19:45 / 16.02.2016
2435

Iroqda vertolyot qulashi oqibatida 9 kishi halok bo‘ldi

Iroq poytaxti Bag‘dod shahridan janubdagi hududda harbiy vertolyot qulab tushdi. Bu haqda Iroq hukumatidagi manbasiga asoslangan holda Associated Press xabar bergan.

Aniqlik kiritilishicha, 9 kishi bu hodisa qurboniga aylangan.

Dastlabki ma'lumotlarda bu halokatga texnik nosozlik sabab bo‘lgan.

Bundan oldinroq, Iroq bosh vaziri Haydar al-Obodiy yil oxirigacha mamlakatdan IShID terrorchilari daf etilishimni ma'lum qilgandi.

Top