17:50 / 16.02.2016
7757

Kasalxonalarda ovqatlanish uchun haq to‘lash tartibi belgilandi

Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 5 fevraldagi 31-sonli qaroriga asosan Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi statsionar davolanish va profilaktika muassasalarida ovqatlanishni tashkil qilish va uning uchun haq to‘lash tartibi tasdiqlandi.

Mazkur qaror Respublikaning maxsus tibbiy va maxsus ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari, Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi tibbiyot tashkilotlari va ularning bo‘linmalari uchun amal qilmaydi.

Rasmiy hujjatda nonushtalar bepul asosda taqdim etilishi, ularning harajatlari Davlat byudjyeti tomonidan qoplanishi belgilab qo‘yilgan.

Bundan tashqari, tibbiyot muassasalarida Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tashkillashtirilish tartibi aniqlanishi kerak bo‘lgan shifobahsh oziq-oziq ovqatlar bilan ta'minlanishi ko‘rsatib o‘tilgan.

Qarorda belgilanishicha, kunlik ovqatlanish narhi haqidagi ma'lumot tibbiyot muassasasining jamoat joylarida joylashtirilishi lozim.

Top