15:08 / 16.02.2016
6655

Loran Blan: Oreni jamoaga meni bunday sharmanda qilishi uchun olib kelmagandim

Fransiyaning «PSJ» klubi bosh murabbiyi Loran Blan jamoa himoyachisi Serj Orening internet tarmoqlarining birida murabbiyga va klub futbolchisiga nisbatan haqoratli so‘zlarni ishlatganiga salbiy munosabat bildirib o‘tdi.

«Bunga munosabatimni so‘rayapsizmi? Juda yomon. Bu ham demokratiya va mamlakatimizda hamma o‘z fikrini erkin bildira olayotganidan xursandman. Ammo men ikki yil oldin klub rahbariyatidan Serj bilan shartnoma tuzishlarini so‘ragandim. Kecha nimani ko‘rdim? Bu uning xuddi minnatdorchiligi kabi bo‘ldi. Afsus.

U YeChLda o‘ynashi kerak edi. U esa endi hech ish qilmasdan uyida o‘tiradi. Serj o‘zini o‘zi jazoladi. Klubni ham jazoladi - uning imijiga zarar yetkazdi. Bu juda yomon. U chetdan kelgan. Shunday ekan bunga nisbatan reaksiya bo‘lishi aniq. Biz xavotirdamiz. Hech kim bunaqa bo‘ladi deb o‘ylamagandi.

Uning yoshidagi futbolchilarda biror ayb ish qilib, keyin uzr so‘rash holatlari kuzatiladi. Yaxshisi biror aybi uchun kechirim so‘rashdan o‘rniga, bu ishni qilishdan oldin o‘ylab ko‘rish kerak», deya Blandan iqtibos keltiradi Le Figaro nashri.

Eslatib o‘tamiz, futbolchi Periscope ijtimoiy tarmog‘ida savollarga javob berish chog‘ida murabbiy Loran Blanni va jamoa sardori Zlatan Ibrohimovichni qattiq haqoratlagan, Blanni noshud deb atagandi.

Top