09:37 / 16.02.2016
2881

"Palermo"ning yangi bosh murabbiyi 5 kunda ishdan bo‘shatildi

Italiyaning "Palermo" jamoasi rasmiy saytida lavozimga tayinlanganiga 5 kun bo‘lgan Jovanni Bosining iste'foga chiqarilgani haqida ma'lum qilindi. Uning o‘rniga o‘tgan yilning noyabrida ishdan bo‘shatilgan mutaxassis Juzeppi Yakini qaytarilgan.

Mosi jamoaga tayinlangach, Italiya A seriyasida faqat bitta o‘yin o‘tkazdi. "Torino"ga qarshi kechgan bu bahs sitsiliyaliklarning 1:3 hisobidagi mag‘lubiyati bilan yakunlandi. Bosi o‘zidan oldingi murabbiy Gilermo Skelottoga UYeFA litsenziyasi berilmagani uchun taklif etilgandi.

Uning o‘rniga qaytarilgan Yakini 2015 yilning 10 noyabrida ishdan haydalgandi. O‘tgan vaqt ichida undan keyin jamoani 4 mutaxassis boshqarishga ulgurdi: Davide Ballardini, Jovanni Tedesko, Gilermo Skelotto va Jovanni Bosi. Shu tariqa, "Palermo" prezidenti Mauritsio Dzamparini mavsum davomida besh marta murabbiy o‘zgartirdi.

Ma'lumot uchun, ayni vaqtda "Palermo" A seriyaning 25 tur o‘yinlaridan keyin 26 ochko bilan 15 o‘rinda joylashgan.

"Palermo" prezidenti Italiya A Seriyasi o‘yinlarini to‘xtatib turishni taklif qildi

Top