12:18 / 16.02.2016
2936

Teylor Svift «Yil albomi» uchun «Gremmi» mukofotini oldi

Bugun, 15 fevral kuni Los-Anjyeles shahridagi Staples Center’da «Grammy» mukofotining 58-taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi.

Mashhur amerikalik pop-qo‘shiqchi Teylor Svift Grammy ovoz yozish akademiyasi tomonidan ta'sis etilgan bu mukofotga sazovor bo‘ldi. Unga mukofot «Yil albomi» yo‘nalishi bo‘yicha «1989» albomi uchun topshirilgan. Bu haqda marosimni yoritgan tvitter akkauntida ma'lum qilingan.

Bu yo‘nalishdagi g‘oliblik uchun Alabama Shakes guruhining «Sound &Color» albomi, Kendrik Lamarning «To Pimp a Butterfly», Kris Stepltonning «Traveller», Teylor Sviftning «1989», The Weeknd’ning «Beauty Behind the Madness» albomlari nomzodligi kiritilgandi.

Shuningdek, «Eng yaxshi qo‘shiq matni» bo‘yicha «Gremmi»ni britaniyalik musiqachi Ed Shiran «Thinking Out Loud» yozuvi uchun olgan.

Bu yo‘nalishdagi g‘oliblik uchun D’Angelo and The Vanguard ijodiga mansub «Really Love» yozuvi, Mark Ronsonning «Uptown Funk», Ed Shiranning «Thinking Out Loud», Teylor Sviftning «Blank Space» va The Weeknd’ning «Can’t Feel My Face» yozuvlari talabgor bo‘lgandi.

O‘z navbatida, komptonlik reper Kendrik Lamar to‘rtinchi marta shunday mukofotga ega chiqqan.

Top