18:14 / 17.02.2016
2895

BAA neft qazib olishni pasaytirishga qarshi emas

Rossiya va Saudiya Arabistoni tashabbusi bilan neft ishlab chiqarishni 2016 yil yanvar oyi holatida mo‘'tadillashtirish taklifini Birlashgan Arab Amirliklari to‘liq qo‘llab-quvvatladi.

“Jahon bozorida mo‘'tadillikni barqarorlashtirish bo‘yicha umumiy maqsadda BAA neft siyosati barcha ishlab chiqaruvchilar bilan hamkorlikka tayyor. Biz kelajakka umid bilan qaraymiz”, -deydi BAA neft vaziri Suxayl al-Mazruiy.

"Neft qazib olish darajasini mo‘'tadillashtirish kelishuviga Rossiya, Saudiya Arabistoni, Venesuela, Qatar, Ummon, Nigeriya, Kuvayt va ba'zi manbalarga ko‘ra, Norvegiya hamda Iroq o‘z roziliklarini bildirishgan" deb yetkazadi «Interfaks».

Kelishuvga Eron qarshi chiqmoqda. Eronga yadroviy dastur tufayli umumiy qaror bilan sanksiya qo‘yilgan edi. Endi Eron Islom respublikasi sanksiyalar yechilganidan keyin ana shu davrda jahon bozorida qo‘ldan boy bergan ulushining hissasini chiqarib olmoqchi.

Bloomberg : Neft ishlab chiqaruvchilarning “sirli fitna”si fosh bo‘ldi

Top