23:29 / 17.02.2016
6098

Detroytda ikkita "Boing" samolyoti to‘qnashib ketdi

AQShning Detroyt shahri xalqaro aeroportida samolyotlar harakatlanishi uchun mo‘ljallangan yo‘laklar bo‘ylab harakatlanish vaqtida American Airlines va Southwest Airlines aviakompaniyalariga tegishli ikkita Boeing-737 yo‘lovchi samolyotlari to‘qnashib ketdi.

Aeroport vakillarining aytishicha, parvozlarni amalga oshirmoqchi bo‘lgan ikkala avialaynerning bortida ham yo‘lovchilar bo‘lgan, ulardan hech kim jabrlanmagan, deb xabar bermoqda TASS axborot agentligi.

Yonilg‘i oqishi qayd qilinmagan. Ma'lum bo‘lishicha, samolyotlardan birining qanoti, ikkinchisining dum qismi shikastlangan. AQShning transport xavfsizligi milliy boshqarmasi ekspertlari voqea sabablarini taftish qilmoqdalar.

Top