08:37 / 17.02.2016
3188

YeChL: "Zenit" safarda "Benfika"ga yutqazib qo‘ydi

Yevropa Chempionlar ligasi musobaqasining 1/8 finalidan o‘rin olgan "Benfika" hamda "Zenit" klublari o‘rtasidagi uchrashuvda mezbonlar ustun kelishdi.

Lissabonda o‘tkazilgan uchrashuv 91 daqiqada mezbonlarning braziliyalik hujumchisi Jonas tomonidan urilgan gol evaziga 1:0 hisobida yakunlandi. Qayd etish kerakki, bu gol urilishidan 1 daqiqa oldin piterliklar himoyachisi Domenik Krishito o‘yindagi ikkinchi sariq kartochkasini olib, maydondan chetlatilgandi.

Javob uchrashuvi 9 mart kuni Sankt-Peterburgda o‘tkaziladi.

Chempionlar ligasi, 1/8 final
Benfika Portugaliya – Zenit Rossiya 1:0 (0:0, 1:0)
Gol: 1:0 – 90 Jonas.
Benfika – Julio Sezar, Andre Almeyda, Lindelef, Jardel, Elizeu, Samaris, Sanshesh, Pitstsi (Karsela-Gonsales, 71), Jonas, Gaytan, Mitroglu (Ximenes, 63).
Zenit – Lodigin, Anyukov, Garay, Lomberts, Krishito, Vittsel, Garsiya, Shatov (Jirkov, 81), Xalk, Danni (Maurisio, 87), Dzyuba (Kokorin, 74).
Ogohlantirishlar: Andre Almeyda (16), Vittsel (32), Jardel (35), Pitstsi (43), Garsiya (59), Krishito (67), Jonas (90).
Chetlatish: Krishito (90).

Top