09:35 / 17.02.2016
2467

Kiyevda 135 yil ichidagi eng iliq tun qayd qilindi

Ukrainaning Markaziy geofizik observatoriyasi ob-havo mutaxassislari ma'lumotlariga ko‘ra, 16 fevralda Kiyevda 1881 yildan beri eng iliq tun kuzatildi. O‘tgan tun termometr ko‘rsatkichi +5,8°S dan pastga tushmadi. Bu ko‘rsatkich ushbu sana uchun 1904 yilda qayd qilingan avvalgi rekord natijadan 4,3°S ga yuqoriroq bo‘ldi. Bundan tashqari, 15 fevralda 136 yildan beri birinchi marta Kiyevdagi o‘rtacha kunlik harorat +4,6°S ni tashkil qildi va 1899 yildagi rekord ko‘rsatkichdan 0,8°S yuqoriroq bo‘ldi.

"Iqlim me'yorlariga ko‘ra ob-havo 29 martdagiga mos keldi", deyilmoqda xabarda.

16 fevralda, shuningdek, bu sana uchun maksimal harorat rekordi ham o‘rnatildi.

Top