18:05 / 17.02.2016
11513

Ronaldu jurnalistning savolidan xafa bo‘lib, matbuot anjumanini tark etdi

"Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu "Roma" jamoasiga qarshi YeChLning nimchorak bosqichi doirasida o‘tkaziladigan safar arafasida o‘tkazilgan matbuot anjumanida ishtirok etib, jurnalistlarning savollariga javob qaytardi.

Lekin u berilgan savollarning barchasiga javob bermagan. Undan "keyingi vaqtlarda kam gol urayotgani" sababini so‘rashgan. Shundan so‘ng futbolchi bu savoldan ranjigan va matbuot anjumani o‘tkazilayotgan zalni tark etgan.

"Shunday futbolchini bilasizmi? Qaysiki, "Real"ga o‘tganimdan buyon safar o‘yinlaridan mendan ko‘proq gol urgan mendan boshqa futbolchini? Bilmaysizmi? Rostdan ham unaqasi yo‘q", deya Ronaldudan iqtibos keltiradi Eurosport nashri.

Ronaldu: Messi penaltini nega bunday amalga oshirgani sababini bilaman, lekin aytmayman

Top