09:41 / 17.02.2016
2948

Ronaldu: Men «Real»da baxtliman, axir dunyoning eng zo‘r jamoasida o‘ynayapman

Madridning «Real» jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu o‘zining joriy mavsum yakunida jamoani tark etishi mumkinligi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.

«Men «Real»da o‘zimni baxtiyor sezmoqdaman. Bundan boshqacha bo‘lishi mumkinmi? Meni bu yerda muxlislar qo‘llab-quvvatlashadi. Men hamisha asosiy tarkibda maydonga tushmoqdaman. Men dunyoning eng kuchli jamoasi uchun gol urishda davom etmoqdaman.

Yana qayerni izlab ketishim mumkin. «Real» hamisha barcha turnirlarda g‘oliblikka asosiy da'vogarlar qatorida bo‘ladi. Jamoamiz YeChLda ketma-ket g‘alabalarga erishmoqda. Joriy mavsumda biz bu kubokni va Ispaniya chempionatini yutmoqchimiz», deya intervyu bergan portugaliyalik futbolchi UYeFA saytiga.

Top